📋 Tender Overview
Ozbekiston Respublikasi qishloq xojaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xojaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Syuy Dunyuy bilan uchrashdi.Uchrashuvda FAO va Ozbekiston ortasidagi hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirish, amalga oshirilayotgan loyihalarni davom ettirish hamda qishloq xojaligini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida Ozbekistonning mintaqadagi orni, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalarni kotarib chiqayotgan yetakchilar shakllanayotgani alohida takidlandi. Shuningdek, xotin-qizlarni qollab-quvvatlash, ularning salohiyatini royobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar etirof etildi.
Uchrashuvda Quva anori agrofirmasi rahbari Masturaxon Sayfuddinovaning faoliyati va erishgan natijalari ham alohida etirof etildi.
Uning yutuqlari mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar va qollab-quvvatlash siyosatining amaliy samarasi sifatida qayd etildi. Masturaxon Sayfuddinova yuzlab nomzodlar orasidan tanlab olinib, yuksak etirofga sazovor bolgani takidlandi.
Tomonlar hamkorlik loyihalarini izchil davom ettirish muhimligini qayd etib, bugun amalga oshirilayotgan islohotlar kelgusi on yillikda Ozbekiston taraqqiyotida katta ozgarishlarga zamin yaratishiga ishonch bildirdilar.