📋 Tender Overview
Ozbekiston Respublikasi Bosh vazir orinbosari -- Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qochqorov hamda Xalqaro valyuta jamgarmasi, Jahon banki hamda Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari ortasida uchrashuv bolib otdi.Uchrashuvda Xalqaro mehnat tashkiloti Ijtimoiy himoya departamenti Aktuar xizmatlar bolimi rahbari Andre Pikard, Xalqaro valyuta jamgarmasi Fiskal masalalar departamenti katta iqtisodchisi Chaba Feher hamda Jahon bankining ijtimoiy himoya masalalari boyicha katta mutaxassisi Himanshi Jeyn qatnashdi.
Uchrashuv davomida xalqaro tajriba hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olgan holda pensiya tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yonalishlari korib chiqildi.
Pensiya tizimining uzoq muddatli barqarorligini taminlash, pensiya huquqlarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, aholining pensiya tizimi bilan qamrovini kengaytirish, jamgarib boriladigan tarkibiy qismni rivojlantirish hamda tizimni demografik ozgarishlarga moslashtirish masalalariga alohida etibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilar pensiya tizimi arxitekturasini yanada takomillashtirishga oid mumkin bolgan yondashuvlarni, jumladan, turli pensiya komponentlarini uygunlashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv doirasida pensiya jamgarmalarini boshqarish, individual pensiya hisobvaraqlarini rivojlantirish, investitsiya mexanizmlari hamda pensiya aktivlarini boshqarishning institutsional yondashuvlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar pensiya islohotining kelgusidagi yonalishlari yuzasidan fikr almashib, aktuar, moliyaviy va ijtimoiy jihatlarni hisobga olgan holda ekspertlar ortasidagi hamkorlikni davom ettirish muhimligini qayd etdilar.