Services

Transport Sohasidagi Hamkorlik Tender

📄 Tender ID: 538043440 📅 Published: 25 Sep 2026

📋 Tender Overview

Ozbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov va Xitoy Xalq Respublikasi Transport vaziri Lyu Vey ortasida uchrashuv bolib otdi.Muzokaralar chogida tomonlar transport sohasidagi Ozbekiston-Xitoy hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.
Xususan, ikki mamlakat ortasida xalqaro avtomobil tashuvlarini yanada kengaytirish, milliy tashuvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, yuk tashish hajmini kopaytirish, shuningdek, transport-logistika aloqalari samaradorligini oshirish masalalariga alohida etibor qaratildi.
Bundan tashqari, tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini, jumladan, Ozbekiston va Xitoy shaharlari ortasida aviaqatnovlar sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish hamda yolovchi va yuk aviatashuvlari uchun qoshimcha imkoniyatlar yaratish masalalarini korib chiqdilar.
Uchrashuvning asosiy yakuni sifatida Ozbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati ortasida xalqaro avtomobil qatnovi togrisidagi Bitimga ozgartirish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Bayonnoma imzolandi.
Ushbu hujjatning imzolanishi ikki davlat ortasida xalqaro avtomobil tashuvlarining shartnomaviy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va avtomobil qatnovini rivojlantirish uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Bayonnoma qoidalarini amalga oshirish Ozbekiston va Xitoy tashuvchilarining xalqaro tashuvlarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, mavjud transport yonalishlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, mamuriy tosiqlarni qisqartirish hamda ozaro va tranzit yuk oqimlarini kopaytirish uchun qoshimcha sharoitlar yaratish imkonini berishi kutilmoqda.
Hujjat, shuningdek, Ozbekiston va Xitoy ortasidagi transport bogliqligini mustahkamlash, Xitoyni Markaziy Osiyo mamlakatlari va boshqa mintaqalar bilan boglaydigan xalqaro transport yolaklarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni izchil kengaytirishdan ozaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boyicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

🔍 Key Information

📄
Tender Reference No.
538043440
📅
Publication Date
25 Sep 2026
🌐
Sector
Services
📝
Notice Type
News
📍
Location
Uzbekistan

📁 Documents & Downloads

No documents found

🏷️ CPV

No CPV found

Need help with this bid?

Our bid experts can help you find, evaluate & win more tenders.

🎧 Talk to Bid Expert
🕒 Submission deadline
0
days remaining · 25 Sep 2026
🔔 Set Alert

🧭 Quick Facts

Authority N/A
Country Uzbekistan
State / UT N/A
Tender Type Procurement News
Currency N/A
Similar Tenders
Loading similar tenders…