📋 Tender Overview
Ozbekiston Respublikasi qishloq xojaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ushbu tadbirlarda ishtirok etish uchun mamlakatimizga bolib turgan Afgoniston qishloq xojaligi, irrigatsiya va chorvachilik vaziri Ataulloh Omari bilan uchrashdi.Muloqot davomida ikki davlat ortasida qishloq xojaligi sohasida shakllangan hamkorlik aloqalari tahlil qilinib, istiqboldagi ustuvor yonalishlar muhokama qilindi.
Xususan, paxtachilik, urugchilik, bogdorchilik, meva-sabzavotchilik hamda qishloq xojaligi mahsulotlari savdo aylanmasini kengaytirish masalalariga alohida etibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarni zamonaviy agrar bilimlar asosida oqitish, fermer va mutaxassislar malakasini oshirish, ikki davlatning sohaga oid talim muassasalari ortasida tajriba almashinuvini yolga qoyish masalalari muhokama qilindi.
Ayniqsa, mutaxassislar va fermerlar uchun malaka oshirish boyicha aniq va tizimli dastur ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat ortasida qishloq xojaligi sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi tashabbus va amaliy loyihalarni hayotga tatbiq etish hamda ozaro tajriba almashish mexanizmlarini kengaytirish muhim ekani takidlandi.